RETSEPT
RETSEPT (lot. recipio — qabul qilayapman, olayapman) — vrachning dorixonaga maʼlum shakddagi yozma murojaati, unda dorini tayyorlash va berish, shuningdek, undan qanday foydalanish haqidagi koʻrsatmalar boʻladi. Retsept siyoh b-n yozilishi shart. Unda bemorning ismsharifi, yoshi koʻrsatilib, tashkilot va vrachning muhri boʻlishi lozim. Retsept yuridik hujjat boʻlib, dorilarning toʻgʻri tayyorlanganligi, muddati va b. ni tekshirish imkonini beradi.
Ensiklopediya.uz
RETSEPT