SUVNI TOZALASH

SUVNI TOZALASH

SUVNI TOZALASHsuv taʼminoti manbalari (daryolar, koʻllar, suv havzalari, suv omborlari va b.)dan vodoprovod tarmogʻiga kelib tushadigan suvning sifatini belgilangan meʼyorga keltirish uchun moʻljallangan texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham oʻz ichiga oladi. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
SUVNI TOZALASH