REZORSIN

REZORSIN

REZORSIN, m — dioksibenzol, S6N4 (ON)2 — ikki atomli fenol, oʻziga xos xushboʻy, shirin, rangeiz kristall modda. Suyuklanish trasi 110,8°, qaynash trasi 280,8°. Suvda, efirda, spirtda eriydi. Sanoatda m — benzoldisulfokislotaga ishqor taʼsir ettirib olinadi. Rezorsin boʻyoqlar, plastmassalar va portlovchi moddalar i. ch. da, shuningdek, tibbiyotda teri kasalliklarini davolashda antiseptik eritma va maz sifatida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
REZORSIN