REGBI

REGBI

REGBI (Angliyaning Regbi shaharchasi nomidan) — sport oʻyini. 2 jamoa (har biri 15 kishidan) uz. 27—29 sm boʻlgan tuxumsimon shakldagi toʻp bilan Nsimon darvozali maxsus maydonchada (kattaligi 95—100×65—68 m) oʻynaydi. Oʻyin (40 min. dan 2 taym davom etadi)dan maqsad — toʻpni bir-biriga qoʻlda (orqaga) yoki oyoqsa (xoxlagan yoʻnalishda) oshirib, uni raqib maydonidagi darvoza chizigʻi orqasiga tushirish yoki darvozaga kiritishdan iborat. Raqibni ushlab yoki yelka b-n turtib yiqitib, unga xalaqit berish mumkin. Oʻyin qoidasi buzilganda «olishuv» — toʻp talashish belgilanadi. Koʻp ochko toʻplagan jamoa (toʻpni yerga tegizish — 4 ochko, tupni darvozaga kiritish — 3 yoki 2 ochko) yutgan hisoblanadi. Bu uyin Kad. Xitoy va Qad. Rimda tarqalgan. Zamonaviy Regbi uyini 1823-y. da Angliyada paydo buddi. 1888-y. da Regbi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazildi. 1900, 1908, 1920, 1924-y. da Regbi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. R. Xalqaro havaskorlar federatsiyasi FLRA (1934-y. tuzilgan)ga 40 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1960-y. dan FLRA Kubogi (norasmiy jahon chempionati) oʻtkaziladi.

Ensiklopediya.uz
REGBI