RASULOV Oʻtkir Hasanovich
RASULOV Oʻtkir Hasanovich (1939. 11.7, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), fizikamat, fanlari d-ri (1979), prof. (1992). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1961). Oʻzbekiston FA Fizikatexnika (1962—67), Elektronika intlari (1967—69)da, SSSR FA Ioffe nomidagi Fizikatexnika in-ti (196581) da ishlagan. Oʻzbekiston FA Elektronika in-ti lab. mudiri (1981-y. dan) va direktori (1985-y. dan). Ilmiy ishlari fizik elektronika va qattiq jism sirti fizikakimyosi sohalariga oid. U emission elektronikaning yangi yunalishi — koʻp atomli molekulalarning qattiq jism sirti bilan oʻzaro taʼsiri va bunday zarralarning sirtiy ionlanishini ochdi; organik va bioorganik birikmalar ionlanishining yangi uslubini topdi va bu hodisaning barcha qonuniyatlarini aniqladi. Shogirdlari bilan birgalikda organik va bioorganik birikmalar, jumladan, ekologiya va atrofmuhitni nazorat qilish uchun zararli va zaharli, giyohvand va dorivor moddalarni qayd etuvchi, yuqori sezgirlikka va tanlash xususiyatiga ega sirt ionizatsion uslublar va asboblar; gaz xromatografiyasi uchun detektorlar, gaz analizatorlari; ionlarning harakatchanligi boʻyicha ajratuvchi spektrometrlar va b. asboblar ishlab chiqdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (199599).
Ensiklopediya.uz
RASULOV Oʻtkir Hasanovich