SOTIMOV Noʻmon Yunusovich
SOTIMOV Noʻmon Yunusovich (1939.15.12, Andijon) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1977), prof. (1978). Moskva un-tini tugatgan (1962). Oʻzbekiston FA Matematika in-ti aspiranti, kichik ilmiy xodim (196268). ToshDU da katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1968—74). Moskvadagi Matematika in-tida katta ilmiy xodim (197476). 1976-y. dan ToshDU (hoz. Oʻzbekiston milliy un-ti)da dotsent, prof., dekan (1985 — 87), kafedra mudiri (1976-y. dan). Ilmiy ishlari differensial tenglamalar, optimal boshqaruv va ziddiyatli jarayonlar nazariyasiga oid. Optimal boshkaruv nazariyasida Bellman tenglamasi yechimlarining differensiallanuvchilik xossasini tadqiq etgan. Ziddiyatli jarayonlarga mansub taʼqib etish masalasini yechish usulini yaratgan; uchrashuvdan chetlashish masalasi yechimining mavjudligi uchun yetarli shartlar taklif etgan. Kompleks differensial tenglamalar bilan ifodalangan boshqariluvchi jarayonlarni oʻrganish nazariyasiga muqim hissa qoʻshgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).
Ensiklopediya.uz
SOTIMOV Noʻmon Yunusovich