RADIOAKTIVATSION ANALIZ
RADIOAKTIVATSION ANALIZ, aktivatsion analiz — moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini ularni nurlantirish natijasida yadrolarida hosil boʻlgan radioaktiv nurlanishga koʻra aniqlash usuli. Radioaktivatsion analiz dastlab Vengriya kimyogarlari D. Xeveshi va G. Levi tomonidan 1936-y. da ittriy preparatida disproziy miqdorini aniqlash uchun qoʻllangan. Radioaktivatsion analizda tekshirilayotgan modda maʼlum muddat yadro zarrachalari (neytronlar, protonlar, deytronlar, azarrachalar va b.) yoki unurlar bilan nurlantirilgach maxsus qurilmalar yordamida hosil boʻlgan radioaktiv izotopning turi va faolligi aniqlanadi. Eng keng tarqalgani neytronaktivatsion usul boʻlib, bunda tekshirilayotgan modda yadro reaktorida neytronlar yordamida (l, u) — reaksiya boʻyicha faollantiriladi.
Ensiklopediya.uz
RADIOAKTIVATSION ANALIZ