ROMAN

ROMAN

ROMAN (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. Roman oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa Roman janri mundarijasining uziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs takdirining oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit b-n uzaro uzviy aloqada tasvirlanishi Roman janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. Roman janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha, inson uz takdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat Roman janrining mundarijasini — syujet chiziklarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi Romanning epik janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, Romanning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi. Roman oʻz tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik Roman navislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol R. ning avvalboshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr boʻlganidan shahodat beradi.

Ensiklopediya.uz
ROMAN