ROZO
ROZO — Dominika poytaxti. Dominika o. ning jan. gʻarbiy qismida, Gudvil va Sharlot buxtalari oʻrtasida, Rozo daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 15,8 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Dengiz porti; chetga efir moyi, tropik mevalar, sabzavot, ziravorlar chiqariladi. Oziqovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Katoliklar sobori (1841), cherkov, Hukumat uyi va b. meʼmoriy binolar, Viktoriya muzeyi, botanika bogʻi bor. Shaharga 17-a. da fransuzlar tomonidan asos solingan.
Ensiklopediya.uz
ROZO