ROJDESTVENSKIY Vladimir Leonidovich
ROJDESTVENSKIY Vladimir Leonidovich (1897, Vladimir sh. — 1949, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Racm chizishni mustaqil oʻrgangan. 1923-y. dan Oʻzbekistonda. Gaz. va jur. lar («Vokrug sveta», «Mushtum» jur. lari taxririyatlari)da rassom. R. yaratgan karikatura, hajviy asarlar, tarixiy mavzudagi lavhalar, plakatlar obrazlarining taʼsirchanligi, fikr ifodalashdagi aniqligi bilan diqqatga sazovar: «Hamza» turkumi (1939); «Oʻzbekiston» (30-y. lar), «Oʻzbekiston oʻtmishidan» (40-y. lar) litografik turkumlari, plakatlari («Harbiy xizmatga chaqirilgan yigitning qasami», «Gʻarbga bor, bahodir», 1942), 2-jahon urushiga bagʻishlangan avtolitografiya turkumlari («Jasorat», 1942), rangtasvir asarlari va b. «Navoiy» (1939), «Mannon Uygʻur», «Abror Hidoyatov» (1944) kabi portretlarida ijodkorlarning ilhom dunyosi ifodalangan.
Ensiklopediya.uz
ROJDESTVENSKIY Vladimir Leonidovich