SILOS INSHOOTLARI
SILOS INSHOOTLARI — silos bostirish. saqlash uchun foydalaniladigan qurilmalar. Asosiy vazifasi — silos massasini havo, suv kirishdan, muzlab qolishdan saklash. Asosan, transheyalar va minoralar koʻrinishida, chorvachilik fermalariga yaqin joyga quriladi. Joyning gidrogeologik sharoitlariga qarab yer usti, yarim chuqur va chuqur transheyalar (uning devori balandligi yerdan 70 sm koʻtariladi) qilinadi. Yer usti transheyalari (devori balandligi kamida 3 m) tekis, yer osti suvi yuza, yarim chuqur va chuqur transheyalar (devori bal. 3,6 m, tubi eni 9 m; xajmi 500—4000 m3) yer osti suvi chuqur yerlarga quriladi. Baʼzi fermalarda diametri 9,15 m, bal. 24 m, hajmi 1600 m3 boʻlgan BS 9,15 markali temirbeton minoralar quriladi. Bu silos minoralarga pnevmotransportyor orqali tepa qismidan silos (senaj) massasi bosim bilan yuboriladi, bosim natijasida u oʻz ogʻirligi bilan zichlanadi.
Ensiklopediya.uz
SILOS INSHOOTLARI