REAKTIV DVIGATEL
REAKTIV DVIGATEL — ish jismi (odatda, yonilgʻi yonishidan hosil boʻladigan gazeimon moddalar) oqimi hisobiga reaktiv kuch (tortish kuchi) hosil qiladigan dvigatel. R. d. da turli xil energiya (issiqlik, yadro, quyosh va elektr energiyasi, kimyoviy energiya)ning mexanik energiyaga aylanishi hisobiga ish jismi oqimining kinetik energiyasi vujudga keladi, bundan tashqari, ish jismi dvigateldan otilib chiqqanda aks kuch paydo boʻlib, dvigatelni itaradi (racmga q.). Shuning uchun Reaktiv dvigatelni murakkab yaxlit tizim deyish mumkin. Bu tizim birlamchi (dastlabki) energiya manbai (Mas, quyosh energiyasi), ish jismi va energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi qurilma (yaʼni Reaktiv dvigatelning oʻzi) dan iborat boʻladi.
Ensiklopediya.uz
REAKTIV DVIGATEL