MULLABOY MANSUROV SIRKI

MULLABOY MANSUROV SIRKI

MULLABOY MANSUROV SIRKI — birinchi professional oʻzbek sirk truppasi. Mullaboy Mansurov 20-a. ning boshida koʻchma sirk va turli tomoshalarni uyushtirishda dong taratgan. Oʻzining tashkilotchiligi va xalq sanʼatini yaxshi bilishi tufayli, tarqoq sirk toʻplarini birlashtirib, 1903-y. Toshkentda Yevropa shaklidagi dastlabki oʻzbek sirk truppasini tuzdi. Truppada aka-uka Rahmon va Parzin Abduxalilovlar (chigʻiriqchi va muallaqchilar), Muxammad (Chaqqon) Xoʻjayev bilan Qodir bola (akrobat), Karim Zaripov bilan Ortiq qiziq (bambuk; biri 4—5 metrli yogʻochni qorniga qoʻyib, ikkinchisi oʻsha yogʻoch ustiga chiqib oʻynagan), Muqiddin Shokirov («besuyak»), Kal Shokir (jonglyor), Said-afgʻon (qilichboz), Yusufjon qiziq Shakarjonov, Sobir qori va Rafiq qiziq (qiziqchilar), Zokirjon Ovulov (jarchi), Ashirmat va Kenja-boy (surnaychi) singari 20 dan ortiq kishi uyushgan. Mullaboy Mansurov oʻzi boshliq va badiiy rahbar boʻlgan xamda oʻrgatilgan otlar bilan manejga chiqqan.

Ensiklopediya.uz
MULLABOY MANSUROV SIRKI