MUALLIFLIK TABOGʻI

MUALLIFLIK TABOGʻI

MUALLIFLIK TABOGʻImuallif tomonidan takdim qilingan adabiy, badiiy, siyosiy, tarixiy, sheʼriy va b. tur asar, grafik material hajmining oʻlchov birligi. Oʻzbekistonda 1 M. t. matni 40 ming bosma belgiga yoki 700 sheʼriy satrga, yo boʻlmasa, 3 ming kv. sm bosma grafik material (rasmlar, jadvallar, xaritalar) ga teng, deb qabul qilingan. Muallifga qalam haqi (gonorar) toʻlashda Mualliflik tabogʻi asos boʻlib xizmat qiladi.

Ensiklopediya.uz
MUALLIFLIK TABOGʻI