PULSARLAR

PULSARLAR

PULSARLAR [ing. pulsars, Pulsating Sources of Radioemission (radionurlanishlarning pulyelanuvchi manbalari) soʻzlarining qisqartmasidan] — davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik obyektlar. Pulsarlar nurlanishi 10 sm dan 10 m gacha kuzatiladi, uning maksimumi metrli radiodiapazonga toʻgʻri keladi. Birinchi Pulsarlar 1967-y. da ingliz radioastronomlari tomonidan kashf etilgan. Hoz. kungacha 100 dan ortiq Pulsarlar topilgan. Bu P. ning pulsa-siyalanish davri 0,033 dan 3,75 sekundgacha boʻlgan oraliqda sodir boʻladi. Pulsarlar davri asta-sekin ortadi. Davrning ikki marta ortishi uchun ketadigan vaqt million va bir necha oʻn million yil-ga, yaʼni Pulsarlar yoshiga barobar vaqtga teng boʻladi. Mac, Qisqichbaqasimon tumanlik ichidagi Pulsarlarning davri 2400-y. da, «Yelkanlar» yulduz turkumida chaknagan oʻta yangi yulduz markazidagi Pulsarlar niki 24 ming yilda ikki martagacha uzoklashadi. Bu P. eng yosh hisoblanadi va davri eng qisqa, chunki ular atrofida gaz qobigʻi kuzatiladi. Uzun davrli Pulsarlar keksa sanaladi, ular atrofidagi gaz qobigʻi fazoga sochilib ketgan. Yosh P. da davrni sakrab kamayishi kuzatiladi.

Ensiklopediya.uz
PULSARLAR