PROTEKSIONIZM

PROTEKSIONIZM

PROTEKSIONIZM (lot. protectio – panalash, xrmiylik) — davlatning ichki bozorni chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chikaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini ragʻbatlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosati. Yevropada kapitalning da-stlabki jamgʻarilishi davri (16 — 18-a. lar)da paydo boʻldi va yuzaga kelayotgan sanoatni rivojlantirishga yordam koʻrsatdi. Oʻsha davrda Proteksionizm import sanoat mahsulotlari uchun yuqori boj va oʻz sanoat mahsulotlari uchun eksport mukofotlari belgilashda yaqqol koʻri-nadi. Ayni paytda tanqis xom ashyo im-porti uchun bojlar bekor qilingan holda, shunday muhim xom ashyo va mah-sulotlar uchun eksport bojlari joriy qilingan. Dastlabki bosqichda Proteksionizm mamlakatlarni industriyalashtirishga xizmat qilgan va ijobiy rol oʻynagan. 1va 2 – jahon urushi yillarida va, ay-niqsa, 1929—33 y. lardagi jahon iqtisodiy tangligi davrida Proteksionizm siyosati kuchaydi. Urushdan keyingi yillarda iqtisodiyotning baynalminallashuvi sharoitlarida rivojlangan mamlakatlarda oʻta Proteksionizmdan voz kechish va tashqi savdoni erkinlashtirishga oʻtish yuz berdi, lekin jahon iqtisodiyotida Proteksionizm hamon davlat tomonidan tartibga solishning taʼsirchan quroli boʻlib qolmoqda. Jahonda iqtisodiy integratsiyaning borishi jamoaviy Proteksionizmni paydo etdi (Yevropa Ittifoqi, OPEK va b.). Rivojlangan mamlakatlarda oʻz fer-merlarini koʻllab-quvvatlash va ichki oziq-ovqat bozorini himoya qilishga qaratilgan agrar P. keng qoʻllaniladi. Jahon savdo tashkiloti P. tadbirlarini bir qadar cheklashga qaratilgan siyosat olib boradi. Bu tashkilotga aʼzo mamlakatlar bojxona boji mikdorini import qilinadigan tovarlar qiymatining 10% dan oshirmaslik tarti-biga rioya qilishlari kerak. Jahon xoʻjaligida globallashuv jarayonlari milliy bozorlarning jahon bozoriga integratsiyalashuviga olib kelmoqda. Milliy bozorlarning erkinlashtirilishi milliy iqtisodiyotning yuksalishini taʼminlaydi va Proteksionizm siyosatining ahamiyatini pasaytiradi. Oʻzbeki-stonda ham tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishda Proteksionizm siyosati qoʻllaniladi. Bu siyosat asosida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, eksport toʻlovlarini kamaytirish, ichki bozorni sifatli tovar bilan taʼminlash, tashqi savdoni mamlakat iqtisodiyoti manfaatlariga toʻla boʻysundirish strategiyasi turadi.

Ensiklopediya.uz
PROTEKSIONIZM