PREMCHAND

PREMCHAND

PREMCHAND (taxallusi; asl ism-sharifi Dhanpatray Shrivastav) (1880.31.7, Lamhiy — 1936.8.10, Banoras) — hind yozuvchisi va publitsisti. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi (1936)ning asoschilaridan biri. Urdu va hind tillarida ijod qilgan. Ijodi 20-a. ning ilk yillaridan boshlangan. Asarlarida xalqning siyosiy uygʻonish jarayoni, uning ijtimoiy haqhuquklari va mamlakat ozodligi uchun kurashi aks etgan. Dastlabki hikoyalar toʻplami «Vatan dardi» (1909) siyosiy dolzarb mavzuda boʻlgani sababli musodara qilingan. Soʻnggi roman va xikoyalarida badiiy maxrrati eng takomiliga yetgan. «Qismat» («Gaodaan», 1936) romani mashhur. Premchandning baʼzi asarlarida Maxatma Gandining taʼsiri bor.

Ensiklopediya.uz
PREMCHAND