20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami

20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami

20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami

Mundarija скрыть
20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Finlyandiyada  yozgi eng uzun kun  bayrami (Yuxannus), uni  20- va 26-iyun orasidagi shanbada nishonlanadi.  Uylar va shahar ko’chalari qayin shoxchalari bilan bezatiladi, bostirmalardan esa milliy kostyumlar chiqariladi. Oqshomga yaqin o’yin-kulgu boshlanadi. Kechkihavoda xalqning  qo’shiqlari  yangraydi «kantele”  milliy asbobi hamrohligida, yig’ilganlar «tanhut”, polka va vals raqslariga tushishadi. Yarim tunda «kokko”  o’t oldirish marosimi   boshlanadi — g’oyat katta zig’ir poyasi,  tayyorlab qo’yilgan an’anaviy  suvga  juda yaqin joyda yig’iladi. Mash’alani yoshi ulug’ mahalliy kishi olib keladi. Shu bayram bilan bog’liq bo’lgan ko’p an’ana va marosimlar  majusiylik davriga xos (Yuxannus) bayramini Finlandiya aholisi hosildorlik va yorug’lik bayrami deb nishonlashgan, «kokko” esa ularning belgisi bo’lgan. Xristian cherkovi majusiylikdan  qutulishga ko’p urinishlar qildi va yozgi eng uzun kun bayramini Ioann Krestitel Rojdestvosi  bilan birlashtirdi, natijada Juhannus (Yuxannus) paydo bo’ldi. Hosildorlik g’oyasini mujassam qilgan bayram to’ylar uchun ommabop vaqt bo’ldi: marosimga talabnomalar bir yil oldin beriladi. Qizlar Yuxannus kechasida yostiqning  tagiga to’qqizta har xil gullardan  o’t bilan to’qqiz marta bog’lab tuzilgan guldastani qo’yishadi, tunda tushida bo’lajak turmush o’rtog’ini ko’rib qolish umidida bo’ladi. Yuxannus yana Finlyandiya milliy bayrog’i kuni ham hisoblanadi.

20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami