MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK

MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK

MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK — davlatning monopoliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, i. ch. (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot i. ch. ning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan mikdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.

Ensiklopediya.uz
MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK