MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN
«MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN» («Ikki til muhokamasi», 1499) — Alisher Navoiynint tilshunoslikka oid asarlaridan biri. Navoiy «Muhokamat ul-lugʻatayn ul-l.»da oʻzbek tilining boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno fark,lovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzunqisqaligi b-n ajralib turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan.
Ensiklopediya.uz
MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN