PARCHINLASH

PARCHINLASH

PARCHINLASHlist metall hamda prokat materiallardan yasaladigan konstruksiya elementlaridan parchin mixlar yordamida ajralmas birikma hosil qilish. Parchin mix — tana va kallakdan iborat mahkamlash detali. Parchinlash quyidagi amallarni oʻz ichiga oladi: parchin mix oʻrnini ochish (parmalash yoki oʻyish); parchin mixning yashirin kallagiga uya ochish (zenkerlash yoki shtamplash); parchin mixni teshikka oʻrnatib, ikkinchi tomonidan kallak hosil qilish (presslash yoki urish). Parchinlash bolgʻalar, presslar va avtomatlar yordamida bajariladi. Parchinlash bolgʻasi — zarb beruvchi pnevmatik mashina. Parchin mixda kallak hosil qilish uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
PARCHINLASH