PARODONTOZ

PARODONTOZ

PARODONTOZ (para… va yun. odontos — tish) , alveolyar pioreyatish atrofidagi toʻqimalar (parodont) ning surunkali yalligʻlanishi, alveolyar oʻsimtalar (tish katakchalari) atrofiyalanadi va oqibatda tishlar qimirlab tushib ketadi. Oʻrta va katta yoshdagi kishilar, baʼzan yoshlar, hatto bolalarda ham uchraydi. P: parodont to-mirlari va nervlarining buzilishi yoki kasallanishi natijasida tish atrofidagi toʻqimalarning qon b-n yetarli taʼminlanmasligi oqibatida vu-judga keladi. Kasallangan tishlarni olib tashlagandan keyin qolgan tishlarga ovqat chaynaganda zoʻr kelishi, tishda tosh yigʻilishi, tishni toʻgʻri parvarish qilmaslik, notoʻgʻri tishlash, yasama tishlarni toʻgʻri qoʻymaslik, shuningdek, organizmning umu-miy kasalliklari Parodontozga sabab boʻlishi mumkin. Parodontozda tishning suyak toʻqimasi asta-sekin soʻriladi, tishlar qimirlab qoladi, baʼzan milk yalligʻlanib shi-shadi, qonaydi, ogʻizdan qoʻllansa hid keladi. Parodontozda milkda yiringli pilla hosil boʻladi. Kasallikning oldi olinmasa, milk yalligʻlanadi (gingivit), koʻrinishidan sogʻlom tish asta-sekin kimirlab tushib ketadi. Parodontoz natijasida ovkat chaynash va hazm qilish buziladi. Bemorga individual va kompleks davo kilinadi. Parodontozda stomatolog vrach kursatmalariga qatʼiy rioya kilish kerak.

Ensiklopediya.uz
PARODONTOZ