MURODOBOD

MURODOBOD

MURODOBOD — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Ramgang daryosi (Gang irmogʻi) boʻyida. Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. T. y. tuguni. Murodobod — kustar usulda ip gazlama toʻqish, yogʻoch va jezdan tayyorlangan va lok hamda qalay bilan bezatilgan badiiy buyumlar i. ch. ning markazi. Shaharga 1625-y. da asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 17-a. da qurilgan Jome masjidi saqlangan.

Ensiklopediya.uz
MURODOBOD