MUASSAN

MUASSAN

MUASSAN (Moissan) Anri (1852.28.9 – Parij — 1907.20.2) — fransuz kimyogari. Parij FA aʼzosi (1891), Parij Oliy farmatsevtika maktabi (1887-1900), Parij unti prof. (1900-y. dan). Ilk bor erkin holdagi ftorni olib (1886), uning va birikmalarining xossalarini oʻrgangan. Elektr yoyi yordamida ishlaydigan pech kashf qilib, unda kalsiy karbid (1892), kaliy karbid va natriy karbid (1894), elektrotermik usulda molibden (1895), volfram (1897) va b. olgan. Nobel mukofoti laureati (1906).

Ensiklopediya.uz
MUASSAN