MOLEKULYAR FIZIKA

MOLEKULYAR FIZIKA

MOLEKULYAR FIZIKA — fizikaning modsa tuzilishini va uning xossalarini shu moddaning zarra (molekula, atom, ion) lardan tashkil topganligi, bu zarralarning xamma vakt betartib harakat holida boʻlishi va ular orasida oʻzaro taʼsir kuchlari mavjudligi asosida oʻrganadigan sohasi. Har qanday modda bir turdagi juda koʻp sonli zarralardan tashkil topganligi uchun Molekulyar fizika masalalarini hal etishda statistik va termodinamik usullardan foydalaniladi. Molekulyar fizikaning dastlab shakllangan boʻlimi gazlar kinetik nazariyasitr – Bu boʻlimni rivojlantirishga J. K. Maksvell, L. Bolsman, J. U. Gibbs katta qissa qoʻshdilar. Statistik usulni fizika faniga birinchi boʻlib A. Bolsman 1868—77 y. larda kiritgan. 1877-1902-y. larda J. U. Gibbs uni rivojlantirib, klassik statistik fizika sohasini yaratilishiga zamin boʻldi.

Ensiklopediya.uz
MOLEKULYAR FIZIKA