PALINOLOGIYA
PALINOLOGIYA (yun. paline — mayin chang va…logiya) — botanikaning oʻsimlik changi va sporasini oʻrganadigan tarmogʻi. «Palinologiya» terminini ingliz paleo-botaniklari X. Xayd va D. Uilyame (1944) taklif qilgan. Palinomor-fologiya Palinologiyaning asosiy tarmogʻi boʻlib, spora va chang donalarining shakli, tuzilishi va rivojlanishini tekshiradi. Palinologiya chang va sporaning krbi-gʻini, morfologiya va anatomiyasini oʻrganadi. Palinologik tekshirishlar sitologiya, genetika, morfologiya, fizika, kimyo va matematika fanlari yutuklariga asoslangan holda mikroskop, elektron mikroskop va rentgen nurlaridan foydalanib oʻtkaziladi.
Ensiklopediya.uz
PALINOLOGIYA