PORT-O-PRENS
PORT-O-PRENS — Gaiti davlati poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Gaiti o. ning gʻarbiy qismida joylashgan. Iqlimi tropik, oʻrtacha t-ra yanv. da 25°, iyulda 28°. Yillik yogʻin 1355 mm. Aholisi 846,2 ming kishi (1995). Mamlakatning Karib dengizi sohilidagi muhim porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sha-karqand z-dlari, tamaki, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Rom ishlab chikariladi. Un-t, Gaiti xalqlari muzeyi, milliy muzey, konservatoriya vah. k. bor. P.-o-P. ga 1749-y. da asos solingan. 1770-y. dan Fran-siyaning San-Domingo mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1804-y. 1 yanv. dan mustaqil Gaiti poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan San-Susi saroyi va Ramyer tarixiy bogʻi saqlangan.
Ensiklopediya.uz
PORT-O-PRENS