PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna

PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna

PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna (1915.7.2, Olmaota) — sanʼatshunos, arxeolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1937). Oʻrta Osiyo un-ti (ToshDU) tarix f-ti arxeologiya kafedrasi do-senti (1942—60), prof. (1962). Sanʼatshunoslik i. t. institutida katta il-miy xodim (1958— 60), sanʼat va meʼmorlik tarixi boʻlimi mudiri (1960 — 84) hamda, ayni bir paytda, Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspedi-siyasi boshligʻi va ilmiy rahbari (1959—84), Oʻzbekiston FA Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari boʻlimi akad.-kotibi (1984 — 87), 1987-y. dan Oʻzbekiston FA Tarix i. t. institutida akademikmaslahatchi. Pugachenkovaning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va unga yondosh Oʻrta Sharq mamlakatlarining qad. va oʻrta asrlar badiiy va moddiy yodgorliklarini oʻrganishga ba-gʻishlangan. Oʻrta Osiyo meʼmorligi va uning taraqqiyoti, oʻziga xos xususiyatlari hamda Sharq meʼmorligi rivojida tutgan oʻrni (Xolchayon, Dalvarzintepa kabi yodgorliklarni oʻrganish, Kushan sanʼatining kelib chi-qishi, Baqtriya, Parfiyaning Gandxara sanʼatiga qoʻshgan hissalari) ni, qad. sanʼat osori atiqalari (Oʻrta Osiyo gliptikasi, kdd. haykal-taroshligi va b.) va miniatyura sanʼati (xorijda saqlanayotgan Oʻrta Osiyoga oid rasmlar va Oʻzbekistonda mavjud rasmli qoʻlyozmalarni bezagan mi-niatyuralardan Oʻrta Osiyo miniatyura maktabiga tegishlilari)ni tadqiq etgan.

Ensiklopediya.uz
PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna