MODELLASH

MODELLASH

MODELLASH — fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar (jonli va jonsiz tizimlar, muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar xamda loyihalanadigan obyektlar)ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va b. xillarga boʻlinadi. Fizik Modellashda tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan mikdor (oʻlchami, tezligi) jihatidan farq qiladigan modelda olib boriladi. Fizik Modellash gidrotexnika in-shootlari, samolyot, kema va b. ni tekshirishda qoʻllaniladi. Matematik Modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Elektr M. ham kengtarqalgan. Bunda aktiv, induktiv va sigʻim qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini oʻrganish uchun kibernetik modellar yaratilgan.

Ensiklopediya.uz
MODELLASH