POLIGENIZM
POLIGENIZM (poli… va…genez) – odam irklari oʻrtasidagi farq kattaligi, irklar bir-biridan mustaqil holda kelib chiqqanligi va har xil biologik turlar ekanligi toʻgʻrisidagi dunyoqarashlar sistemasi. Poligenizmga xos xato tasavvur odam irklarining yaxshi oʻrganilmaganligi sababli kelib chiqqan. 19-a. ning oxiri va 20-a. boshlarida reaksion olimlar Poligenizm haqidagi qarashlardan irqiy nazariyalarni asoslash uchun foydalanishgan (mas, AQSHda, ayniqsa, 1861—65 y. dagi grajdanlar urushi, Germaniyada 2-ja-hon urushi davrida). Poligenizmning asossizligini hoz. odam irklarining eng mu-him belgilari kompleksi (qoʻllar, tovon, bosh miya va b.) boʻyicha oʻxshashligi va irqlarning cheksiz ravishda oʻzaro aralashuvi isbotlaydi.
Ensiklopediya.uz
POLIGENIZM