MIZANSAHNA
MIZANSAHNA, mizanssena (frans. mise en scene — sahnada joylashish) — spektakl davomida (muay-yan vaqtda) sahnada aktyorlarni joylashtirish, harakatlantirish va oʻzgartirish tartibi. Mizansahna voqea ishtirokchilari harakatlarini, ular oʻrtasidagi munosabatlarni va asarning gʻoyaviybadiiy yechimini hal qilishda muhim vosita hisoblanadi. Mizansahna rej. tomonidan toʻgʻri hal etilsa, spektaklda uygʻunlik, yaxlitlik hosil boʻladi. Mizansahna orqali tomosha uslubi, janr xususiyatlari, davr ruhi, tarixiy sharoit hamda asarning rej. lik talqini oʻz ifodasini topadi. Aniq Mizansahna tanlash jarayoni rassom ishi bilan bogʻliq boʻlib, u rej. bilan birgalikda spektaklning maqbul, toʻgʻri yechimini topib, sahna harakati uchun sharoit yaratadi. Har bir Mizansahna aktyor tomonidan psixologik asoslangan boʻlib, tabiiy, uzviy holda ifoda etilishi lozim. Mizansahna rej. lik sanʼatida muhim oʻringa ega, rej. uslubini, mahoratini namoyish etuvchi amaliysahnaviy kompozitsiya turidir. Mannon Uygʻur, Toshxoʻja Xoʻjayev, Bahodir Yoʻldoshev, Mansur Rav-shanov, Olimjon Salimoye kabi rej. lar Mizansahna ustalaridir.
Ensiklopediya.uz
MIZANSAHNA