MUSTAQILLIK DARSLARI
MUSTAQILLIK DARSLARI — Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalarida 1991-y. dan joriy qilingan oʻquv mashgʻulotlari. Oʻquvchi va talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi istikloli uchun kurash tarixi, uning mazmunmohiyati, bunyodkor gʻoyalari, hoz. kuni, istiq-boli toʻgʻrisida aniq va mukammal bilimlar berishga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oliy hamda oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar oʻquv yurtlarida yangi oʻquv yilning birinchi darsi har yili 2 sent. da Mustaqillik darslari bilan boshlanadi. Mustaqillik darslari maxsus reja va dastur asosida olib boriladi. Mustaqillik darslarining oʻquv das-turlariga kiritilishi yoshlar ongida mafkuraviy boʻshliqqa oʻrin bermaslik, ularda gʻoyaviy, mafkuraviy im-munitetni shakllantirish, ularni jamiyat oldidagi oʻz vazifalarini fidoyilik bilan amalga oshirishga yoʻnaltirish imkoniyatini beradi. 2001-y. dan boshlab Mustaqillik darslari butun oʻquv yili davomida «Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining bir qismi sifatida oʻtkaziladigan boʻldi.
Ensiklopediya.uz
MUSTAQILLIK DARSLARI