MURAKKAB REAKSIYALAR
MURAKKAB REAKSIYALAR — ayrim boskichlari turli kimyoviy tabiatga ega boʻlgan kimyoviy reaksiyalar. Hamma bosqichlari kimyoviy tabiati jihatidan oʻxshash yoki bir-biridan faqat yoʻnalishi b-n farq qilgan reaksiyalar, aksincha, oddiy (elementar) re-aksiyalardir. Bunda bir vaqtda atigi bitta, Murakkab reaksiyalarda esa yonmayon yoki ketma-ket bir necha reaksiya boradi. Murakkab reaksiyalar tarkibiga kirgan oddiy reaksiya uning bir bosqichi boʻladi. Murakkab reaksiyalarga kaytar, parallel, ketma-ket, zanjir, katalitik va h. k. reaksiyalar kiradi. Qaytar reaksiyalar — bir sharoitda bir vaqtda qarama-qarshi tomonga boruvchi reaksiyalar. Bunda reaksiya uchun olingan moddalarning bir qismi reaksiyaga kirishadi, bir qismi esa kirishmay qoladi. Qarama-qarshi tomonga borayotgan oddiy jarayonlarning tezligi bir-biriga tenglashganda muvozanat karor topadi. Reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyalari muvozanat holatiga qarab uzluksiz ravishda oʻzgaradi (dastlabki olingan moddalar konsentratsiyasi kamayadi, hosil boʻlgan mahsulotlar konsentratsiyasi esa koʻpayadi), muvozanat qaror topgandan soʻng oʻzgarmay qoladi. Muvozanat holatdagi konsentratsiya muvozanat konsentratsiya deyiladi. Dastlabki olingan moddaning qancha qismi yangi moddaga aylangani (reaksiyaning chikimi)ni muvozanat konstanta tavsiflaydi. Qaytar reaksiyaga SO2 + N2 ^± SO + N. O reaksiyasi misol boʻla oladi. Tenglik alomati oʻrniga yozilgan
Ensiklopediya.uz
MURAKKAB REAKSIYALAR