MIMIKA

MIMIKA

MIMIKA (yun. — takdid) — yuz mushaklarining ifodali harakati. Insonning mayuslik, xursandlik, gʻazab, xafalik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. Mimika oddiy kishilarda tabiiy tarzda roʻy beradi. Teatr sanʼatida esa aktyorlarning doimiy mashklari asosida yuzaga keladi. Yuzga beriladigan pardoz M. ifodaviyligini oshiradi. Mimika aktyorning nutqi b-n hamohang boʻlib, obraz mohiyatini, qahramonlarning oʻzaro munosabatlarini ochishga xizmat qiladi. Puxta oʻylangan va texnik jihatdan mukammal Mimika sahna soʻzi ahami-yatini oshiradi va uning tub maʼnosini chuqur anglashga yordam beradi. Ayniqsa, soʻzsiz oʻrinlarda, sukunatlarni toʻldirishda muhim ahamiyatga ega. Pantomimaga ixtisoslashgan (fransuz aktyori Marsel Marso kabi) aktyorlar faqat tana harakatlari va Mimikaga tayanishgan.

Ensiklopediya.uz
MIMIKA