METEOROLOGIK RAKETA

METEOROLOGIK RAKETA

METEOROLOGIK RAKETA, geofizik raketa — atmosfera yuqori qatlamlari (ayniqsa, meeosfera va ionosfera)ni tekshirishda qoʻllaniladigan asboblarni olib chiqadigan raketa. Unga oʻrnatilgan meteorologik asboblar yordamida atmosfera t-rasi va bosimi, shamol yoʻnalishi, havo tarkibi, kosmik nurlar, Yer magnit maydonining joylashishi va b. aniqlanadi. Shuningdek, Quyosh nuri spektri va Yer sirti suratga olinadi. Meteorologik raketa koʻtariladigan balandlik cheklangan (100—150 km), uning ogʻirligi nisbatan kichik (400—500 kg). Koʻpincha, massasi 80 kg gacha boʻlgan, taxm. 65—70 km balandlikka koʻtariladigan Meteorologik raketa ishlatiladi. Meteorologik raketa har xil geografik r-nlardan, jumladan, Arktika va Antarktika, quruqlikdagi st-yalardan va kemalardan uchirilishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
METEOROLOGIK RAKETA