POLIURETANLAR

POLIURETANLAR

POLIURETANLAR — makromolekulalarining asosiy zanjirida takrorlanuvchi uretan guruhi — OCONH — boʻlgan yuqori molekulali birikmalar. P. xossalariga kura poliamidlarga yaqin turadi. Glikollarni diizotsia-natlar b-n birgalikda bosqichsimon mexanizm boʻyicha polimerlab olinadi. Poliuretanlar kislotalar, mineral va organik moylar, benzin va oksidlovchilar taʼsiriga chidamli. Poliuretanlar penoplast, kauchuk, yelim, plyonka, korroziyabardosh qoplama, sintetik tola olishda qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
POLIURETANLAR