MENUA

MENUA

MENUAUrartu podshosi (mil. av. taxm. 810—786/781-y.), Ishpuini oʻgʻli. Menua davrida Urartu podsholigining qoʻshinlari Zakavkazyega, Diauxlar qabilasi yurtiga, shuningdek, Urmiya koʻli atroflari va Shim. Mesopotami-yaga bosqinchilik yurishlari uyushtirganlar. Menua katta bunyodkorlik ishlari olib borgan. Menua oʻziga yangi qarorgoh — Menuaxinili sh. ni qurdirgan. Otasi va oʻzining hukmronligi davrida Tush-pa sh. (Van) da qurilishlar qilingan. Menua mashhur Semiramida kanalini qayta taʼmirlab, uni Van sh. ga tomon oqizgan. Menua davridan bizgacha 100 dan ortiq Urartu mixxat yozuvlari saqlangan.

Ensiklopediya.uz
MENUA