MEMUAR
MEMUAR (frans. memoire — xotira, esdalik) , yodnoma, esdalik — real voqeahodisalar ishtirokchisi yoki guvohining oʻtmish haqidagi xotira asari. Memuar uchun voqeaning birinchi shaxs nomidan bayon qilinishi, voqealar va faktik materiallarning koʻpligi, mu-allifning tasvir obyektiga subyektiv munosabatining oʻziga xos shaklda namoyon boʻlishi xarakterlidir. Memuarda real voqealar majmuasi, koʻpincha, siyosiy xronika, biofafik va ilmiy ahami-yatga ega materiallar b-n uzviy bogʻlanib ketadi; unda badiiy asarlarga xos syujet usullari kam ishlatiladi. Ammo muallif tasviriy vositalardan oʻrni bilan foydalanadi.
Ensiklopediya.uz
MEMUAR