PLIMUT

PLIMUT

PLIMUT — Buyuk Britaniyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shahar, Kornuoll ya. o. da. Aholisi 255,8 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Plim daryosining Lamansh qoʻltigʻiga quyilish joyidagi port. Kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Baliq ovla-nadi. Dengiz biologiyasi lab. va akvarium bor. Shaharga 12-a. da asos solingan. Harbiy-dengiz bazasi.

Ensiklopediya.uz
PLIMUT