MAHMUD II

MAHMUD II

MAHMUD II (1784.20.7-1839.1.7, Istanbul) — Turkiya sultoni (1808—39). Markazlashgan imperiya tuzish maqsadida bir necha islohotlar oʻtkazgan. 1826-y. yanicharlar polkini tarkatib, muntazam armiya tuzish toʻgʻrisida farmon chiqargan, yangi maʼmuriy birliklar tuzgan, harbiylen tizimini bekor qilib, yevropacha usulda ichki, tashqi ishlar va moliya vazirliklarini joriy qilgan. Bu islohotlar Usmonli turk imperiyasinint tanazzulga yuz tutishining asosiy sabablarini bartaraf kila olmagan. Mahmud II N Misr poshosi Muhammad Ali bilan boʻlgan urushlar (1831 — 33 va 1839)da yengilgan. Buyuk Britaniya va Fransiyaning Mahmud II P dan savdo bitimlari (1838) boʻyicha olgan imtiyozlari Turkiyani Yevropa davlatlari taʼsiriga tushishini tezlashtirgan.

Ensiklopediya.uz
MAHMUD II