PIAJE
PIAJE (Piaget) Jan (1896.8.8, Nevshatel — 1980.16.9. Jeneva) — shveysar psixologi. Intellektning operatsional konsepsiyasi va genetik epistemologiyani yaratgan. Nevshatel (1926—29), Jeneva (1929-y. dan), Lozanna (1937—54) un-tlari prof. Parijdagi Xalqaro genetik epistemologiya markazi (1955) asoschisi. Piaje bolalar psixologiyasi, ayniqsa, ularning aqliy tarakqiyotini oʻrganish soxasida ilmiy maktab yaratdi («Bolaning nutki va tafakkuri» asari, 1923). Piaje ishlab chiqkan intellektning operatsional konsepsiyasiga koʻra, psixika in-dividning muhitga moslashuvi doira-sida namoyon boʻladi va rivojlanadi. Subyekt bilan obyekt muvozanatlashuvining oliy shakli operatsional strukturalarning hosil boʻlishidir. Operatsional struktura, Piaje fikricha, subyektning «ichki harakati» boʻlib, bu harakat genetik jihatdan tashqi, predmet taʼsiridan kelib chikadi va b. harakatlar bilan muayyan sistema boʻlib birlashadi. Operatsional konsepsiya asosida Piaje idrok, hissiyot va b. psixik funksiyalarni taxlil qildi. Piaje tafakkur psixologiyasi, psixologiya va mantiqning oʻzaro munosabati masalalarini ishlab chiqishga katta hissa koʻshgan. Muhim asarlari: «Oddiy mantiqiy strukturalar genezisi» (1939—41), «Intellekt psixologiyasi» (1946), «Eksperimental psixologiya» (P. Fress bilan birgalikda).
Ensiklopediya.uz
PIAJE