PENITSILLIOZ

PENITSILLIOZ

PENITSILLIOZ — oʻsimlik kasalligi, koʻproq gʻoʻza koʻsagi kasallanadi. Kasallikni Penicillium turiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Koʻsakning ayrim chanoklarini yoki butunlay shika-stlab, tolada kulrang, yashil, kulrang-koʻkish, sargʻish va b. ranglar hosil qiladi. Tola texnologik xususiyatlarini yoʻqotadi va foydalanish uchun yarok-siz boʻlib qoladi. Penitsillioz, asosan, oʻsimlikning pastki — yerga yaqin joylaridagi yoki yotib qolgan tuplardagi koʻsaklarda rivojlanadi. Baʼzan Penitsillioz ikkilamchi infeksiya-vertitsillyoz viltnint pay-do boʻlishiga sabab boʻladi.

Ensiklopediya.uz
PENITSILLIOZ