PARHEZ BILAN DAVOLASH

PARHEZ BILAN DAVOLASH

PARHEZ BILAN DAVOLASH, diyetoterapiya — baʼzi kasalliklar (gastrit, enterit, kolit, yara kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari va b.)ni davolash va oldini olish maqsadida par-hezdan foydalanish. Parhez bilan davolash bilan d. dori-darmonlar va b. davo vositalari bilan birga qoʻllanadi. Parhez bilan davolash bilan d. qadimdan maʼlum, ammo uning ilmiy asoslari faqat 19-a. ning 2yarmida ishlab chiqiddi, bunda rus olimlari I. P. Pavlov va I. M. Sechenov yaratgan fiziologik qoidalarning ahamiyati katta boʻldi. Parhez bilan davolash bilan d. ning asosiy prinsiplari: ovqatlanish ratsioni, rejimi va masalliqni pishirish usulini belgilashda individual yondashish; kasallikning xarakteri, bemorning axvoli va organizmning oʻziga xos xususiyatlari, ovqatning miqsor va sifat jihatdan mutanosib boʻlishi, bemorga kasalligi tufayli biror oziq modda yoki ovqat mahsulotini berib boʻlmaydigan yoki cheklab qoʻyiladigan xrllarda ratsionni oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar birmuncha muvofiq keladigan qilib belgilashdan iborat. Shuning uchun Parhez bilan davolash bilan d. faqat vrach maslahatiga muvofiq hamda uning ku-zatuvi ostida olib boriladi. Kam ovqat yeyiladigan kunlar buyurish, oson singadigan ovqat hisobiga uning sifatini cheklash, ovqatlanish rejimini oʻzgartirish, masalliqlarga maxsus pazandalik ishlovi berish usullari Parhez bilan davolash bilan d. da keng qoʻllanadi. Bunda ovqat ratsioni shifobaxsh va toʻyimli boʻlishi, shuningdek, organizmning vitaminlar, mikroelementlar va biologik faol moddalarga boʻlgan ehtiyo-jini toʻla qondirishi lozim.

Ensiklopediya.uz
PARHEZ BILAN DAVOLASH