PAROPAMIZ TOGʻLARI
PAROPAMIZ TOGʻLARI — Afgʻonistonning shim.-gʻarbiy qismidagi togʻ sistemasi. Shim.-gʻarbiy etaklari — Bodxiz va Qorabel qirlari Turkma-niston hududida. Kenglik boʻylab yotuvchi tizmalar (Bandi Turkiston, Sa-fedkoʻh va b.) dan iborat. Uz. 600 km chamasida, eni 250 km gacha. Koʻp qis-mining bal. 3000— 3500 m; eng baland joyi 4565 m (Hisor tizmasida). Togʻlar aksari ohaktosh va slaneslardan, jan. va sharqida granit va gneyslardan tuzilgan. Shim. etaklari lyoss bilan qoplangan. Iqlimi subtropik, kontinen-tal iqlim; vodiylarda t-ra iyulda 24 — 30°, yanv. da 0—8°. Yillik yogʻin 100—350 mm. Landshafti aksari qismida togʻ choʻli va dashtidan iborat. Siyrak archa oʻrmonlari ham bor. Yovvoyi xdyvonlardan togʻ echkisi va qoʻyi, jayran, qulon, kemiruvchilar va sudraluvchilar yashaydi. Aholisi togʻlarda koʻchmanchi chorvachilik bilan hayot kechiradi. Vodiylarda bogʻlar, tokzorlar bor. Bugaoy va paxta yetishtiriladi.
Ensiklopediya.uz
PAROPAMIZ TOGʻLARI