PARAPSIXOLOGIYA

PARAPSIXOLOGIYA

PARAPSIXOLOGIYA (para… va psixologiya) — psixologik tadqiqot sohasi; fikrni hech qanday vositalarsiz maʼlum masofaga uzatish imkoniyati toʻgʻri-sidagi maʼlumotlarni oʻrganish b-n shugʻullanadi. Parapsixologiya psixik holatlarga taallukli tasavvurlar va farazlarni oʻzida aks ettiradi, lekin ularning talqini chuqur ilmiylikka ega emas. Gʻayritabiiy ravishda u yoki bu holat va hodisalar idrok qilinishi taxmin etiladi, biroq inson tomonidan bunday axborotlarni hissiy aʼzolar orqali qabul qilinishi fanda tasdiqlanmagan. Parapsixologiya oʻrganadigan va unga yondosh sohalar: telepatiya — fikr va his-tuy-gʻularni sezgi organlari ishiga va aqliy muhokamaga asoslanmagan holda tashqi olamdagi obyektiv voqealar xaqida maʼlumot olish; proskopiya (ba-shorat qilish) — kelgusidagi hodisalarni aytib berish, psixokinez — kishining tevarak-atrofdagi buyumlar-ga, ularni joyidan qoʻzgʻatishga fik-ran taʼsir etishi; parameditsina — bemor qoʻlini ushlab turib yoki fikran ishontirib, yo boʻlmasa boshqa gʻayritabiiy usullar bilan davolash; xiromantiya — qoʻl kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning taq-diri haqida bashorat qilish; spiritizm — oʻlgan odamlarning ruxlari bilan aloqa oʻrnatish, ular bilan muloqot qilib turishga daʼvat qiluvchi gʻoya.

Ensiklopediya.uz
PARAPSIXOLOGIYA