PTOLEMEYLAR

PTOLEMEYLAR

PTOLEMEYLAR, lagiylar — Qad. Misrda hukmronlik qilgan shoxdar sulolasi (mil. av. 305—30 y. lar). Aleksandr (Iskandar)ning sobiq sarkardasi va maxrami diadoxlardan Ptolemey Lag tomonidan asos solingan. Ushbu sulolaning barcha 14 podshosi Ptolemey nomi bilan atalgan. Aleksandr saltanati parchalangach, Misrda Ptolemeylar mo-narxiyasi karor topgan. Ptolemeylar yunonmake-don armiyasi, amaldorlar va mahalliy kohinlarga tayangan. Ptolemeylar siyosatida mali-kalar katta rol oʻynaganlar. Bu sulolaning soʻnggi vakili Kleopatra VII boʻlgan. Ptolemeylar sulolasi vakillari: P. I Soter (323—283); P. I Filadelf (285 — 246); P. III Yeverget (246-222); P. IV Filopator [221205/204]; P. V Yepi-fan (204-180); P. VI Filometor (180 — 145); P. VII Neos Filopator (145); P. VIII Yeverget II (Fiskon) (170—116); P. IX Soter II (Latir) (116-108 va 88-81/80); P. X Aleksandr I (108/107 — 88); P. XI Aleksandr II (80); P. XII Neos Dionis (Avlet) (80 — taxm. 51); P. XIII Dionis (51—47); P. XIV Filopator (47—44); Kleopatra VII Tea Filopatora (taxm. 51 — 30) (Kleopatra I — VI lar turli vaqtlarda regent yoki taxtdosh boʻlganlar).

Ensiklopediya.uz
PTOLEMEYLAR