PROTSESSUAL MUDDATLAR
PROTSESSUAL MUDDATLAR (OʻzRda) — JPK da koʻrsatilgan protsessual harakatlarni bajarish muddatlari. Protsessual muddatlar protsess ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan. Mas, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxs uzogʻi bilan 72 soat ushlanib turishi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash mudsati oʻta murakkab ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan 1 y. gacha uzay-tirilishi, sud hukmi ustidan shikoyat 10 kun ichida berilishi mumkin (JPK 226, 245, 500moddalar). Protsessual muddatlar soat, sutka va oylar bilan hisoblanadi, ularning oʻtishi oqibatlari, uzaytirish va tiklash tartiblari JPK 39-bobida bayon etilgan.
Ensiklopediya.uz
PROTSESSUAL MUDDATLAR