POLYARIMETRIYA
POLYARIMETRIYA (rus. polyarizatsiya — qutblanish va…metr) — optik faol moddalar yorugʻlikning qutblanish tekisligini qanchalik burishini oʻlchashga asoslangan fizikkimyoviy usul. Koʻpincha, organik birikmalar optik faol moddalar hisoblanadi. Moddalarning optik faolligi optik asbob — polyarimetr yordamida oʻlchanadi. Polyarimetriya usuli asosida oʻsimlik xom ashyolaridagi kand va kraxmal, eritmalardagi oqsil va aminokislotalar, siydikdagi uzum kandining mikdori va uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar xili, mik,dori va kuchi anikdanadi.
Ensiklopediya.uz
POLYARIMETRIYA