MOGILYOV VILOYATI
MOGILYOV VILOYATI — Belorussiyadagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 29 ming km2. Aholisi 1245,8 ming kishi (1998). Beloruslar, shuningdek, rus, yahudiy, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 67,6%, 13 shahar, 11 shaharcha bor. Markazi — Mogilyov sh. M. v. ning yer yuzasi bal. 150—200 m li tekislikdan iborat. Shim.-sharqida Orsha-Mogilyov tekisligi, jan. karbida Markaziy Berezina tekisligi bor. Foydali qazilmalari: torf, bor, se-mentli mergel, fosforitlar, gil, qum. Iklimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7°, iyulniki 17,8° (Mogilyovda). Yillik yogʻin mikdori 580—650 mm. Vegetatsiya davri 183—193 kun. Yirik daryolari Dnepr va uning irmoqlari — Berezina, Soj. Tuproklari chimli podzol, torfli botqoq va allyuvial tuproklar. Hududining 31% oʻrmon, 1% botqoklik. Tulki, tiyin, suvsar, sassiqkoʻzan, koʻrsichqon, oq tovushqon, boʻrsiq ov ahamiyatiga ega. Oʻrmonlarda los, yelik, qobon yashaydi. Boʻri, silovsin, suvlarda qunduz, norka, vixuxol uchraydi. Yenotsimon it ikdimlashtirilgan. 200 ga yaqin qush, 20 ga yaqin baliq turi bor.
Ensiklopediya.uz
MOGILYOV VILOYATI