MIYACHA
MIYACHA — bosh miya ustunining bir qismi; u ikki yarim shardan iborat boʻlib, kulrang modda (M. poʻstlogʻi) bilan qoplangan, chuqur joylashgan gorizontal egatlar uni boʻlakchalarga boʻladi. Miyachaning markaziy qismi oqmoddadan iborat, unda kulrang modda — M. oʻzagi toʻplamlari joylashgan. Miyacha 3 juft oyoqchalari bilan miya ustuniga tutashgan. Miyacha gavdani muvozanatda sakdash va harakatlarni uygʻunlashtirishda mu-him rol oʻynaydi.
Ensiklopediya.uz
MIYACHA